Eminem yana bobo bo‘ldi

Share post:

Eminem oilasida yana quvonchli yangilik bilan e’tiborda, u ikkinchi marta bobo bo‘ldi.

Uning katta qizi Alayna Skott ilk bor ona bo‘lganini e’lon qildi. U Instagram’da turmush o‘rtog‘i Mett Meller va yangi tug‘ilgan qizi bilan tushgan suratlarini ulashgan. Chaqaloqqa Skotti Mari Meller deb ism qo‘yilgan. Alayna qizalog‘i uning hayotida “Hamma narsa va undan ham ko‘proq” deya Instagram sahifasida qoldirgan. Ism esa uning hayotida muhim o‘rin tutgan “Skott opa-singillari” sharafiga tanlangan.

Eslatib o‘tamiz, bu Eminem uchun birinchi nabira emas. Avvalroq uning yana bir qizi Xeyli Jeyd ham 2025-yil mart oyida ona bo‘lgan edi. U va eri Evan Makklintok o‘g‘il farzandli bo‘lishgan va unga Elliot Marshall deb ism qo‘yishgan. Ushbu ism esa mashhur bobosiga bag‘ishlangan.

Eminemning jami uch nafar qiz farzandi bor: Xeyli Jeyd, Alayna Mari va Stiv Leyn. Alayna va Stiv asrab olingan farzandlar hisoblanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...