Maşhur amerikalik xonanda Merayya Kerining 1994-yilda taqdim etilgan «Merry Christmas» albomi muqovasidagi obrazidan ilhomlangan yangi Barbi qöğirçoği yaratildi.
Bu xonandaga bağişlangan ikkinçi Barbi hisoblanadi. Birinçi qöğirçoq 2023-yilda çiqarilgan va 24 soatdan kamroq vaqt içida sotib bölingan.
Merayya Keri yana bayram kolleksiyasidan örin olganidan mamnunligini bildirib, muxlislariga Rojdestvo kayfiyatini tilagan.
Ma’lumot uçun, xonandaning maşhur «All I Want for Çristmas Is You» qöşiği aynan «Merry Çristmas» albomiga kiritilgan. Kompozitsiya 2019-yilda ilk bor AQŞ musiqiy çartida birinçi örinni egallagan. 2024-yilda esa Spotify platformasida 2 milliard marta tinglangan birinçi Rojdestvo qöşiğiga aylangan.

