Dua Lipa sevgan insonini qo‘llab-quvvatladi

Share post:

Britaniyalik pop-yulduz Dua Lipa muxlislarini hayratga soldi. Xonanda sevgilisi — aktyor Kallum Tyornerga bo‘lgan muhabbatini ochiq ko‘rsatdi.

13-dekabr kuni Dua Lipa shaxsiy blogida bir nechta suratlarni bo‘lishdi, ammo eng ko‘p e’tiborni to‘rtinchi rasm tortdi. Unda uch karra “Gremmi” mukofoti sohibasi mo‘ynali shapka va yarim po‘stin kiygan holda, jemperini biroz ko‘targan. Uning ostidan esa Kallum Ternerning portreti tushirilgan oq futbolka ko‘rinib turadi, ustida “Men Lyukni sevaman” degan yozuv yozilgan. Aynan Lyuk — Terner “Abadiyat” filmida gavdalantirgan qahramon.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Dua Lipa muxlislariga Kallum Terner bilan unashtirilganini ma’lum qilgan edi. Hozircha juftlik to‘yga shoshilmayapti, chunki Dua jahon gastrol safarida, Kallum esa yangi film loyihalarida ishlamoqda.

Shuningdek, yaqinda Kallum Terner Jeyms Bond rolini ijro etish bo‘yicha nomzodlar orasida ekanligi haqida xabar berilgan, bu esa aktyorning xalqaro miqyosdagi obro‘sini yanada oshiradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...