Italiyalik dizayner Donatella Versache Kaliforniyaning Revolve Group kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi moda brendini ishga tushiradi. Bu haqda Vogue nashri xabar berdi.
Yangi loyiha Donatellaning shaxsiy ijodiy qarashlarini aks ettirishi, zamonaviy avlodning moda, madaniyat va xarid qilishga bo‘lgan munosabatini ifodalashi kutilmoqda.
Brend AQSh, Lotin Amerikasi, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Yaqin Sharq bozorlarida faoliyat boshlaydi. Dastlabki mahsulotlar 2027-yilda taqdim etiladi. Brendning nomi ham shu yili e’lon qilinadi.
Donatella Versache 2025-yil mart oyida Versace moda uyining kreativ direktori lavozimini tark etgan edi. U ushbu lavozimda qariyb 30 yil faoliyat yuritgan.

