Demi Mur Bryus Uillisning sog‘lig‘i yomonlashayotganini aytdi

Share post:

Demi Mur samimiy tarzda Bryus Uillisning sog‘lig‘i yomonlashayotganini kuzatish unga qanchalik og‘ir tushayotganini aytib berdi. Aktrisa yangi intervyusida butun oila boshidan kechirayotgan hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Sobiq turmush o‘rtoqliklariga qaramay, ular iliq munosabatni saqlab qolishgan. Demi Murning so‘zlariga ko‘ra, demensiyaga qarshi kurash katta sabr, tushunish va birlikni talab qiladi. U shuningdek, bu kasallik Bryus bilan bo‘lgan qizlari — Rumer, Skaut va Tallulaga ham og‘ir sinov bo‘lganini aytdi.

Bundan tashqari, Demi Mur aktyorning hozirgi rafiqasi — Emma Heming-Uillisning aql bovar qilmas matonatini alohida ta’kidladi. Aktrisa oilaning birligi barcha qiyinchiliklarni yengishga yordam berayotganini qo‘shimcha qildi. Biroq, uning so‘zlariga ko‘ra, insonning o‘zgarib, qiynalayotganini ko‘rish juda og‘ir:

“Bu qiyin. Oldin juda quvvatli, kuchli va maqsadga intiluvchan bo‘lgan odamning boshqa bir qismga aylanishini ko‘rish og‘ir. Lekin bilasizmi, mening nuqtai nazarimdan, ularni qanday bo‘lsa, shunday qabul qilish juda muhim. Siz ularning oldingi holatiga qaytishini yoki o‘zingiz xohlagan odamga aylanishini kutmasligingiz kerak. Shunday qilganingizda, men ulkan mehr, yumshoqlik va sevgi his qilaman”, — dedi Demi Mur.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil mart oyida Bryus Uillisning oilasi aktyor barcha suratga olish ishlarini to‘xtatishga majbur bo‘lganini ma’lum qilgan edi. O‘shanda uning nutq buzilishi aniqlangani, buning natijasida til qobiliyatlari butunlay zararlangani aytilgandi. 2023-yil fevralida esa aktyorning rafiqasi unga lobno-visocha demensiya tashxisi qo‘yilganini bildirdi.

Bunga qadar suratga olingan “Emma va Bryus Uillis: Kutilmagan sayohat” hujjatli filmida aktyorning rafiqasi ularning alohida yashayotganini tan olgach, unga ko‘plab tanqidlar yog‘dirildi. Emma esa sukut saqlamay, kuzatuvchilarga javob qaytardi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Keyt Middlton yana moda qirolichasiga aylandi

Uels malikasi Keyt Middlton Tatler jurnali talqiniga ko‘ra, yana Britaniyaning eng zamonaviy ayoli deb topildi. Shu tariqa u...

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” ilk namoyishdayoq rekord o‘rnatdi

 Tom Holland bosh rolni ijro etgan “O‘rgimchak odam: Yangi kun” (“Spider-Man: Brand New Day”) filmi prokatni rekord natija...

AI filmlari ilk bor “Oskar” saralash festivaliga kiritildi

Hindistonda o‘tkaziladigan va “Oskar” mukofoti saralash festivallari qatoriga kiruvchi Bengaluru xalqaro qisqa metrajli filmlar festivali (BISFF) 16-mavsumi uchun...

Anjelina Joli va boshqa yulduzlarning ma’lumotlari internetga tarqalib ketdi

Kiberxavfsizlik mutaxassisi Jeremi Faulerning ma’lum qilishicha, Gollivudning bir qator mashhur yulduzlariga tegishli telefon raqamlari va elektron pochta manzillari...