Bryus Uillis deyarli gapirish qobiliyatini yo‘qotdi

Share post:

Bryus Uillisning rafiqasi Emma Heming-Uillis Conversations With Cam podkastida afsonaviy aktyorning sog‘lig‘i haqida gapirdi. U 2023-yil boshida tashxis qo‘yilgan frontotemporal demensiya bilan yashamoqda.

Emmaning so‘zlariga ko‘ra, 69 yoshli Uillis o‘z tashxisidan bexabar. Bu anosognoziya deb ataladigan kam uchraydigan nevrologik holat bilan bog‘liq bo‘lib, unda inson o‘zida kasallik borligini anglay olmaydi. Miya go‘yo bu ma’lumotni bloklab, sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar ko‘lamini tushunishga yo‘l qo‘ymaydi.
“Odamlar buni inkor etish deb o‘ylashi mumkin, ammo aslida bu kasallikning o‘ziga xos xususiyati. Bryus hech qachon alomatlarni yagona manzara sifatida bog‘lamagan va men chin dildan xursandmanki, u o‘z tashxisini bilmaydi”, — dedi Emma.

Kasallik rivojlanayotganiga qaramay, Uillis yaqinlarining mehr va g‘amxo‘rligi bilan o‘ralgan. Uning nutqi deyarli butunlay yo‘qolgan, biroq u yaqinlari bilan muloqot qilishning boshqa yo‘llarini topgan. Aktyor buni imo-ishoralar, teginishlar va yuz ifodalari orqali amalga oshiradi. Emma ta’kidlashicha, eri hanuz bolalarini, nabiralarini va uni taniydi.

Eslatib o‘tamiz, Bryus Uillis aktyorlik faoliyatini televideniye va teatrda epizodik rollar bilan boshlagan. Ammo haqiqiy yutuq 1985 yilda, u “Oy nuri ostidagi detektiv agentligi” serialida bosh rolni olganida yuz berdi. Ushbu roli uchun u “Emmi” va “Oltin globus” mukofotlariga sazovor bo‘lgan. Jahon miqyosidagi shuhratni Jon Makleyn roli olib keldi. Uillis turli janrlarda muvaffaqiyatli ishlagan: “Oltinchi tuyg‘u” kabi trillerlardan tortib, “Beshinchi element” va “12 maymun” kabi fantastik filmlargacha.

Avvalroq Bryus Uillisning oilasi aktyor vafotidan so‘ng uning miyasini ilmiy tadqiqotlar uchun ehson qilishga tayyor ekani ma’lum bo‘lgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Afra Saracho‘g‘li 13 yoshidan beri ko‘rmagan otasi bilan yarashdi

Turkiyalik mashhur aktrisa Afra Saracho‘g‘li allaqachon otasi bilan munosabatlarini tiklagan edi, biroq buning rasmiy tasdig‘i faqat 2026-yil yanvar...

Malalaning portreti Oksford universitetida namoyish etildi

Nobel mukofoti sovrindori Malala Yusufzayning portreti Oksford universitetining Lady Margaret Hall kollejida namoyish etildi. Portret rassom Izabella Uotling...

Eng mashhur romantik filmlar

Sevgan insoningiz bilan vaqtingizni yanada mazmunli va romantik hislarga boy o‘tkazishingiz uchun eng yaxshi filmlar.“Titanik” (1997)Rejissor Jeyms...

Donald Tramp Bed Bannining Superboul tanaffus shousini keskin tanqid qildi

“Amerikaning buyukligiga haqorat” Bed Banni dunyodagi eng nufuzli sahnalardan birida tarix yaratgan bir paytda, Donald Tramp san’atkorning birlik haqidagi...