Britni Spirs mast holda mashina haydaganlikda gumonlanib qo‘lga olindi

Share post:

Amerikalik xonanda Britni Spir mast holda avtomobil boshqarganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda TMZ huquq-tartibot organlaridagi manbaga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, pop yulduzi 4-mart kuni kechqurun Ventura County’da (California) politsiya tomonidan to‘xtatilgan. Unga kishan solinib, holatni aniqlash uchun politsiya bo‘limiga olib ketilgan. 44 yoshli Spirs 5-mart tongida kameradan chiqarilgan.

Shu bilan birga, People nashri xabariga ko‘ra, hibs bayonnomasida “sudga olib kelish va keyinchalik ozod qilish” degan qayd mavjud bo‘lib, unda sinov muddati ko‘rsatilmagan. Britni Spir ushbu ish bo‘yicha 4-may kuni sud oldida javob berishi kerak.

San’atkor hozircha voqea yuzasidan izoh bermagan. Uning ijtimoiy tarmoqlardan biridagi akkaunti esa yana o‘chirib qo‘yilgan — bu holat hibsdan bir necha kun oldin sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilda Los Anjeles sudi Spearsni 13 yil davom etgan vasiylikdan ozod qilgan edi. Bu vasiylikni uning otasi Jeymi Spirs amalga oshirgan bo‘lib, u Britnining moliyasi va internetdagi faoliyatini nazorat qilib kelgan.

Avvalroq, 11-fevral kuni pop yulduzi o‘zining musiqiy katalogiga bo‘lgan huquqlarning bir qismini sotgani haqida xabar berilgandi. Ushbu bitim uchun Britni Spirs katta miqdorda mablag‘ olgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...