“Bo‘ronli dovon” filmi kassada 150 mln dollar yig‘di

Share post:

“Bo‘ronli dovon” filmi prokatning ikkinchi haftasi yakuniga ko‘ra jahon kassalarida 150 million dollar daromad to‘pladi. Biroq dam olish kunlari yetakchilikni 14 million dollardan ortiq tushum bilan “Echki: katta orzu” animatsion filmi egalladi.

Filmning ishlab chiqarish byudjeti 80 million dollarni tashkil etadi va loyiha hozirda o‘zini oqlash bosqichiga yaqinlashgan. Tahlillarga ko‘ra, kartina 250 million dollar chegara­sidan oshsa, Warner Bros. studiyasi uchun moliyaviy jihatdan muvaffaqiyatli loyiha sifatida baholanadi. Amaldagi dinamikaga qaraganda, bu natijaga mart oyi o‘rtalariga borib erishilishi mumkin.

Film syujeti Emili Brontening klassik asari asosida yaratilgan bo‘lib, sevgi, rashk va ijtimoiy tafovutlar fonida kechadigan murakkab munosabatlarni tasvirlaydi. Voqealar markazida Ketrin Ernsho va Xitkliff o‘rtasidagi dramatik sevgi hikoyasi turadi. Xitkliff Ketrinning otasi tomonidan boqib olinadi, ammo otasi vafotidan so‘ng Ketrinning akasi uni xizmatkordek tutib, kamsita boshlaydi. Shu ziddiyatlar asar dramatizmini kuchaytiradi.

Kartinada bosh rollarni Margo Robbi va Jaykob Elordi ijro etgan. Ularning aktyorlik ishlari tomoshabinlar va tanqidchilar tomonidan ijobiy baholanmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...