“Barbi” 35 yoshda : Margo Robbi obrazlari qanday o‘zgargan

Share post:

Barbi, Xolli Kuin va hatto qirolicha Yelizaveta I obrazlarida: Margot Robbining uslubiy evolyutsiyasi

Bugun taniqli aktrisa Margo Robbi o‘zining 35 yoshini nishonlamoqda! U faoliyati davomida ko‘plab ajoyib filmlar va seriallarda suratga tushdi, turli xil obrazlarni sinab ko‘rdi va shuningdek, o‘z uslubini ham yildan-yilga o‘zgartirib bordi. Uning tashqi ko‘rinishi va moda tanlovlari har bir rol bilan birga o‘zgarib borgan. Keling, uning uslubiy evolyutsiyasiga nazar solamiz.

Dastlabki yillar: Qisqa ko‘ylaklar va yorqin ko‘z bo‘yanishlari

Aktrisalik faoliyatining boshida Margo Robbi qisqa ko‘ylaklarni yaxshi ko‘rardi. U har xil uslubdagi — gul naqshli, bir xil rangli, tor yoki hatto cho‘ntakli ko‘ylaklarni tanlagan.

Bo‘yanishda u, ayniqsa, ko‘zlariga urg‘u berishni afzal ko‘rgan: qora qalam va tushdan foydalanib, ko‘zlariga dramatik ko‘rinish berishga harakat qilgan. Nozik va yengil tashqi ko‘rinishiga bu uslub unchalik mos tushmagan bo‘lsa-da, bu davrda ko‘plab qizlar xuddi shunday bo‘yanishni tanlardi.

Klassik qora-oq obrazlar va qisqa sochlar

Tez orada Margo yorqin ko‘ylaklarini qora va oq rangdagi klassik liboslarga almashtirdi. U monoxrom va kontrastli (qora va oqni birlashtirgan) liboslarda juda zamonaviy va jozibali ko‘rinar edi.

Aktrisa o‘zining uzun sarg‘ish sochlarini qisqartirib, klassik “bob” turmagiga o‘tdi. Bugun uni qisqa sochli tasavvur qilish qiyin bo‘lsa-da, bu ham uning uslubiy tarixining muhim qismi bo‘lgan.

Barbiestetikasi va ayollik ifodasi

2023-yilda ekranlarga chiqqan “Barbi” filmidagi bosh rol Margo Robbining uslubini butunlay o‘zgartirdi. U endi ko‘pincha pushti rangdagi, juda ayollarga xos siluetli liboslarni tanlay boshladi. Yorqin liboslar, patli aksessuarlar, yoqimli sumkalar va baland poshnali tuflilar — bular uning yangi uslubining ajralmas qismlariga aylandi.

Go‘zallik uslubida ham katta o‘zgarishlar bo‘ldi: Margot sochlarini yana uzaytirdi, ularni mayin jingalaklarga aylantirib yurdi, makiyajda esa yumshoq, pastel ranglar ustuvor bo‘ldi. Manikyurda esa u pushti-nude soyalarni tanladi.

Xulosa

Margo Robbi nafaqat iqtidorli aktrisa, balki o‘zini ifoda etishda moda orqali ham mukammallikka intiladigan shaxs. Uning uslubi har doim zamonga mos, rollari bilan uyg‘un va ayni paytda betakror bo‘lib qolmoqda. U har bir davrda yangi, o‘ziga xos qiyofa bilan muxlislarini hayratda qoldira olgan aktrisalardan biridir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Animatsiya olamida KATTA yangilik!

Astir animatsiya studiyasi tomonidan O‘zbekiston tarixida ilk bor — buyuk bobolarimiz bolaligini tasvirlaydigan 3D animatsion filmlar turkumi yaratildi!...

BLACKPINK guruhi a’zosi Lisa “Taygo” filmida rol o‘ynaydi

5-dekabr kuni Netflix o‘zining yangi sarguzashtli blokbasteri — “Extraction: Taigo” filmi ishlab chiqarishga tayyorgarlik jarayonlari yakunlanganini tasdiqladi. Bosh...

Otlar paradiga marhamat

6-dekabr 15:00 da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Toshkentda Milliy gvardiya rahbarligida otlar paradi...

Dunyo yulduzi Jeki Chan O‘zbekistonda: tashrif ehtimoli muhokamada

Afsonaviy aktyor Jeki Chan O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Tashrifning asosiy sabablaridan biri Chan ishtirokidagi “Mo‘jizaviy aslahalar” filmining yangi...