“BAFTA–2026” g‘oliblari bilan tanishing

Share post:

2026-yilgi “BAFTA” taqdirlash marosimi London shahrida bo‘lib o‘tdi va kino olamidagi eng yorqin yutuqlarni e’tirof etdi. 79-marotaba tashkil etilgan mukofotlash oqshomi nafaqat g‘oliblar, balki sahnadagi kutilmagan nutqlar va emotsional lahzalar bilan ham yodda qoldi.

Bu yilning mutlaq yetakchisi —“Jang ortidan jang” filmi bo‘ldi. Film 6 ta muhim nominatsiyalarda g‘olib chiqib, marosimning eng ko‘p mukofot olgan loyihasiga aylandi. Kartina rejissyori Pol Tomas Anderson “Eng yaxshi rejissyor” mukofotini qo‘lga kiritdi. Uning sahnadagi nutqi tomoshabinlar tomonidan uzoq olqishlandi.

  • Eng yaxshi bosh roldagi aktyor– Robert Aramayo – “Qasam ichaman”
  • Eng yaxshi bosh roldagi aktrisa – Jessi Bakli – “Hamnet”
  • Eng yaxshi ikkinchi darajali aktyor – Shon Pen – “Jang ortidan jang”
  • Eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa – Vunmi Mosaku – “Gunohkorlar”
  • Eng yaxshi animatsion film – “Hayvonlar shahri 2”
  • Eng yaxshi hujjatli film – “Janob hech kim Putinga qarshi”
  • Eng yaxshi bolalar va oilaviy film – “Boong”

Bir nechta g‘oliblar o‘z nutqlarida kino sanoatidagi tenglik va ijod erkinligi mavzusiga to‘xtaldi. Tomoshabinlar zalida kutilmagan hazillar va samimiy sahna orti lahzalari marosimga iliq kayfiyat bag‘ishladi.

Kechaning eng ta’sirli lahzalaridan biri — “BAFTA” maxusu mukofotining topshirilishi bo‘ldi. Bu sovrin kino sanoatiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun beriladi va bu yil u mashhur prodyuser Donna Langliga topshirildi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Shiroq jasorati haqida tarixiy film suratga olindi

Rejissyor Muzaffar Erkinov tomonidan suratga olinayotgan “Shiroq” tarixiy badiiy-publitsistik filmining tasvirga olish ishlari nihoyasiga yetdi. Hozirda ijodiy jamoa...

Britni Spirsning albomga kiritilmagan qo‘shig‘i 25 yildan keyin chiqdi

Britni Spirs 2001-yilda Jastin Timberleyk bilan birgalikda yozgan, ammo shu paytgacha rasman e’lon qilinmagan “She’ll Never Be Me”...

Sidni Suini va Merilin Monro uzoq qarindosh ekanligi aniqlandi

“Eyforiya” seriali yulduzi Sidni Suini va Gollivud afsonasi Merilin Monro uzoq qarindosh bo‘lib chiqdi. MyHeritage platformasi o‘tkazgan yangi...

J.K. Rouling “Garri Potter” olami haqida yana ikki kitob chiqaradi

Britaniyalik yozuvchi J.K. Rouling “Garri Potter” olamiga bag‘ishlangan yana ikki kitobini taqdim etadi. Yangi nashrlar fevral oyida Bloomsbury...