Anjelina Joli sokin hayot izlab Yevropani tanlashi mumkin

Share post:

Amerikalik taniqli aktrisa Anjelina Joli yaqin orada AQSHni tark etib, Yevropada yashashni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Insayderlar keltirayotgan ayrim dalillar bu taxminlarni yanada kuchaytirmoqda. Xususan, aktrisaning Los-Anjelesdagi ko‘chmas mulki savdoga qo‘yilgani bunday mish-mishlarga asos bo‘ldi.

People nashrining ma’lumotiga ko‘ra, Joli 2016-yildan beri istiqomat qilib kelayotgan hashamatli uyini sotish niyatida. Hozirda u mazkur mulkni ommaviy reklamasiz, faqat jiddiy xaridorlarga shaxsan o‘zi namoyish etmoqda.

Manbalarning ta’kidlashicha, Gollivud yulduzi Yevropaga ko‘chib o‘tish masalasini puxta o‘ylab ko‘rmoqda. Bu qarorning asosiy sababi sifatida shaxsiy hayotni himoyalash va tinchroq muhitda yashash istagi ko‘rsatilmoqda. Chunki Yevropa davlatlarida mashhur insonlar paparatsilar e’tiboriga kamroq tushadi va bu ularga sokinroq hayot kechirish imkonini beradi. Bundan tashqari, jamoatchilik e’tiboridan yiroq bo‘lishni xohlaydigan Jolining farzandlari ham doimiy kuzatuv va shov-shuvlardan uzoqroq yashashni istaydi.

Anjelina Jolining AQSHni qachon tark etishi hozircha aniq emas. Biroq u sobiq turmush o‘rtog‘i Bred Pitt bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra, farzandlari voyaga yetgunga qadar Los-Anjelesda yashashi lozim. Aktrisaning kenja farzandlari 12-iyul kuni 18 yoshga to‘ladi. Shu sababli ayrim manbalar aynan shu sanadan so‘ng Joli Yevropaga ko‘chib o‘tish rejasini amalga oshirishi mumkin, deya taxmin qilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...