Afg‘onistonda Alisher Navoiy xotirasiga 16 metrlik yodgorlik quriladi

Share post:

Afg‘onistonning Mozori Sharif shahrida buyuk mutafakkir, davlat arbobi va shoir Alisher Navoiy nomi bilan atalgan chorraha ochildi hamda 16 metr balandlikdagi yodgorlik qurilishi boshlandi. Bu haqida jurnalist Tolib Nosir o‘zining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali ma’lum qilgan. Shuningdek, Dunyo axborot agentligi xabariga ko‘ra, Mozori Sharif shahridagi Chavki-Qalayi-G‘aziyon hududida Alisher Navoiy sharafiga yodgorlik qurilishi boshlangan.

Tamal toshi qo‘yish marosimida Mozori-Sharif o‘zbek jamoasi vakillari, o‘zbek tilida yozuvchi shoirlar va madaniyat arboblari, Balx davlat universitetining o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari, shahar ma’muriyati, biznes hamjamiyati vakillari, Nabizoda jamg‘armasi direktori Kamol Nabizoda va O‘zbekiston konsulligi xodimlari ishtirok etgan.

Yodgorlik foydalanishga topshirilgach, u O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlovchi muhim ramziy obyektdan biriga aylanishi kutilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Zendaya va Tom Holland yashirincha turmush qurishdi

Bu haqda 1-mart kuni “Aktyor” mukofoti taqdirlash marosimida aktrisaning stilisti Lau Roach ma’lum qilgan. “Ularning to‘yi allaqachon bo‘lib...

Netflix Warner Bros. Discovery’ni sotib olishdan voz kechdi

Dekabr boshida onlayn-kinoteatr Netflix Warner Bros. Discovery kompaniyasini 82,7 mlrd dollarga sotib olishini e’lon qilgandi. Bu kelishuv kino...

Bred Pittning yana bir farzandi uning familyasidan voz kechdi

Gollivudda Bred Pitt farzandlari bilan o‘rtasidagi mojaro haqida gap-so‘zlar tarqalganiga ancha bo‘lgan. Endi ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘li Meddoks ham...

Jim Kerri Fransiyada faxriy “Sezar” mukofotini qo‘lga kiritdi

Afsonaviy aktyor va komik Jim Kerri kinematografiya sohasidagi ko‘p yillik ijodiy faoliyati hamda karyeradagi yuksak yutuqlari uchun Fransiyaning...