Tom Xenks qizi yozgan shov-shuvli xotiralar kitobiga o‘z fikrini bildirdi

Share post:

Tom Xenks qizining bolaligiga oid shov-shuvli kitobiga o‘z fikrini bildirdi.

Tom Xenks qizi E.A. Xenks tomonidan yozilgan va bolalikdagi og‘ir xotiralarni ochib bergan yangi kitob — “The 10: A Memoir of Family and the Open Road” haqida o‘z fikrini bildirdi. U bu haqida payshanba kuni bo‘lib o‘tgan “Finikiya sxemasi”  filmining premyerasi qizil yo‘lagida jurnalistlarga fikr bildirdi.

E.A. Xenks ushbu kitobda onasi — 2002-yilda saraton kasalligi tufayli vafot etgan aktrisa Samanta Lyuis va otasi Tom Xenks bilan bo‘lgan munosabatlari, shuningdek, bolalik davridagi ruhiy bosimlar haqida ochiq yozgan.

Tom Xenks qizining bunday shaxsiy va og‘riqli mavzularni dadil ko‘tarib chiqqani uchun uni maqtadi:

“Qizimda bu jarayonni chuqur anglash uchun kerakli bo‘lgan jasorat va qiziqish borligiga ajablanmadim. U juda to‘g‘riso‘zlik bilan ifodalagan va men bunga qoyil qoldim,” — dedi aktyor.

Shuningdek, u E.A. Xennks kitob yozish jarayoni va o‘zi haqida ham ochiqchasiga gapirib berganini ta’kidladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

J.K. Rouling “Garri Potter” olami haqida yana ikki kitob chiqaradi

Britaniyalik yozuvchi J.K. Rouling “Garri Potter” olamiga bag‘ishlangan yana ikki kitobini taqdim etadi. Yangi nashrlar fevral oyida Bloomsbury...

Baxt izidan: Emiliya Klark va Josh Brolin yangi serialda

“Taxtlar o‘yini” yulduzi Emiliya Klark va aktyor Josh Brolin “A Roadmap to Happiness” (“Baxt sari yo‘l”) hujjatli serialida...

MrBeast 9-oktabr kuni Toshkentda muxlislari bilan uchrashadi

Dunyoga mashhur amerikalik YouTube blogeri MrBeast — Jimmi Donaldson O‘zbekistonga keladi. U O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi...

O‘zbekiston madaniyati Moskvada: san’at, hamkorlik va yangi loyihalar

Rossiyada “O‘zbekiston madaniyati kunlari” o‘tkazildi. 4–5-oktyabr kunlari tashkil etilgan tadbirlar O‘zbekiston san’ati va madaniyatini Rossiya jamoatchiligiga namoyish etish,...