Yangi Jeyms Bondning gonorari 100 million dollarga yaqinlaşmoqda

Share post:


Britaniyalik aktyor Robert Pattinson yangi Jeyms Bond filmida suratga tuşiş uçun ötkazilgan kinosinovning özidayoq 1 million dollar gonorar olgani xabar qilindi. Aktyorning Agent 007 obrazini gavdalantiriş orqali umumiy daromadi qariyb 100 million dollarga yetişi mumkin.
The Kino Mail naşrining yozişiça, Amazon MGM Studios bilan uç yillik hamkorlik doirasida Pattinson 76 million dollardan 98 million dollargaça daromad olişi kutilmoqda. Biroq kinosinov uçun tölangan gonorar va şartnomaning moliyaviy tafsilotlari hozirça rasman tasdiqlanmagan.
Ma’lumotlarga köra, dastlab film ijodkorlari Jeyms Bond roliga unçalik taniqli bölmagan aktyorni jalb qilişni rejalaştirgan. Keyinçalik esa tanlov Robert Pattinson foydasiga hal bölgan.
Aktyorning uşbu rolga tanlanişida Amazon asosçisi Jeff Bezosning rafiqasi Loren Sançes ham muhim ta’sir körsatgani aytilmoqda. Xabarlarga köra, u Pattinsonning kinosinovdagi ijrosidan katta taassurot olgan. Biroq uning aktyor tanloviga qay darajada ta’sir körsatgani rasman tasdiqlanmagan.
Yangi Bond roli uçun kinosinovlar oktyabr oyi oxirida ötkazilgan. Unda Pattinson bilan bir qatorda Nikolas Xolt ham iştirok etgan. Şuningdek, Kallum Tyorner, Joş ÖKonnor va Jek Lauden kabi aktyorlar ham ehtimoliy nomzodlar qatorida bölgan.
16-noyabr kuni Amazon MGM Studios Robert Pattinson yangi Jeyms Bond rolini ijro etişini rasman e’lon qildi.
40 yoşli aktyor şu tariqa maşhur josus obrazini katta ekranda gavdalantiradigan yettinçi aktyorga aylanadi. U bu rolda Deniel Kreygning örnini egallaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

«Garri Potter» olamiga oid ikkita yangi kitob 2027-yilda naşr etiladi

Britaniyaning "Bloomsbury Publişing" naşriyoti "Garri Potter" olamiga bağişlangan ikkita yangi illyustratsiyali kitob çiqarilişini e’lon qildi. Ular professor Minerva...

Ralf Fayns Voldemort roliga Robert Pattinsonni taklif qildi

"Garri Potter" filmlarida Voldemort obrazini gavdalantirgan aktyor Ralf Fayns HBO tomonidan suratga olinayotgan yangi serialda uşbu rolni Robert...

Beyonse nega «Gremmi» tarixidagi eng muvaffaqiyatli san’atkor hisoblanadi?

Amerikalik xonanda Beyonse "Gremmi" tarixida 100 ta nominatsiyaga ega bölgan ilk san’atkorga aylandi. Uning "MORNING DEW (DONK)" qöşiği...

AQSHning ikki mashhur teleshousi O‘zbekistonda suratga olinadi

Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tgan “American Film Market” (AFM) xalqaro kino bozori doirasida O‘zbekiston va AQSH media kompaniyalari o‘rtasida...