O‘zbekiston Milliy kino agentligi rahbari Jahongir Ahmedov Agentlikdagi moliyaviy majburiyatlar va mavjud muammolar yuzasidan izoh berdi.
Ahmedov Uzdiplomat saytida e’lon qilingan surishtiruvdagi “23 million so‘m kredit qarzi” degan jumlaga aniqlik kiritdi. Uning ta’kidlashicha, u kredit qarzi emas, kredit majburiyati haqida gapirgan.
Shuningdek, Agentlikda soliq va ish haqi bo‘yicha qarzdorlik borligi ma’lum qilindi. Ahmedovning aytishicha, Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazining 2,3 mlrd so‘m, VGIK Toshkent filialining esa 3,8 mlrd so‘m qarzi mavjud.
Bundan tashqari, Agentlik rahbari xizmat avtomobillariga avval MIB tomonidan taqiq qo‘yilgani va kinoteatrlardan birining 300 mln so‘mlik qarzni undirish bo‘yicha sud qarori mavjudligini ham qayd etdi.
Hozirda Agentlikka aloqador mol-mulk va majburiyatlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilmoqda. Ahmedov xatlov yakunlangach, natijalar rahbariyatga taqdim etilishi va jurnalistlar uchun matbuot anjumani o‘tkazilishini bildirdi.
Kinematografiya agentligidagi milliardlab qarzlar haqida Jahongir Ahmedov izoh berdi
Share post:

