Jessika Simpson haqida hujjatli film suratga olinadi

Share post:

Netflix amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Jessika Simpson hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli filmni taqdim etadi.

Jessika Simpson faoliyati davomida 20 milliondan ortiq albom nusxasini sotgan. U, shuningdek, 2003–2005-yillarda efirga uzatilgan “Yosh kelin-kuyovlar” realiti-shousi orqali keng auditoriyaga tanilib, Britni Spirs, Kristina Agilera va Mendi Mur bilan bir davrda mashhurlikka erishgan.

Hujjatli filmda Simpsonning shon-shuhrat cho‘qqisiga ko‘tarilishi, musiqiy faoliyati va shaxsiy hayotidagi muhim davrlar yoritiladi. Film prodyuserlaridan biri ham “Yosh kelin-kuyovlar” loyihasining muallifi Van Toffler bo‘ladi. Hujjatli filmni uning Gunpowder & Sky kompaniyasi ishlab chiqaradi. Film rejissyori esa Jo Perlman.

Ma’lumot o‘rnida, hujjatli film premyerasi xonandaning musiqiy faoliyatga qaytganidan bir yil o’tib namoyish etiladi. Jessika Simpson 15 yillik tanaffusdan so‘ng 2025-yilda “Nashville Canyon: Part 1 & Part 2” nomli mini-albomi bilan ijodga qaytgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....