Taniqli qiziqchi va so‘z ustasi Shukurullo Isroilov Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shukurullo Isroilov 1970-yil 14-yanvarda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Musiqa maktabida rubob yo‘nalishida tahsil olganidan so‘ng Toshkent davlat san’at va madaniyat institutida (Teatr fakulteti) hamda Sharqshunoslik institutida (Xalqaro fakulteti) tahsil olgan. U san’atdagi faoliyatini 1982-yilda boshlagan. Ko‘p yillardan buyon “Mirzo” qiziqchilar teatri bilan hamkorlik qilib keladi.

