Selena Gomes firibgarlik ayblovlariga javob berdi

Share post:

Selena Gomesning ruhiy salomatlik sohasidagi Wondermind startapi atrofidagi mojaro sudgacha yetib bordi. Investorlar xonandani moliyaviy firibgarlikda ayblab, yetkazilgan zarar uchun tovon undirishni talab qilmoqda.

Gomesning vakillari esa bu ayblovlarni “mutlaqo asossiz” deb atadi. Ular xonandaning firibgarlik yoki boshqa noqonuniy harakatlarga aloqador bo‘lganini tasdiqlovchi hech qanday asos yo‘qligini ta’kidlab, suddan da’voni rad etishni so‘ramoqda.

Wondermind 2021-yilda ruhiy salomatlik va psixologik farovonlikka e’tibor qaratadigan platforma sifatida ishga tushirilgan. Biroq 2025-yil bahoriga kelib, kompaniya jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelgan. Mablag‘ yetishmovchiligi sabab xodimlar soni qariyb uchdan ikki qismga qisqartirilgan.

Da’vo nafaqat Selena Gomesga, balki uning onasi Mendi Tifi, Wondermind hammuassisi Daniela Pirson va kompaniyaning o‘ziga qarshi ham kiritilgan. Investorlar ularni firibgarlik va shartnoma shartlarini buzishda ayblamoqda.

Gomesning jamoasi esa xonanda o‘z obro‘sini himoya qilishini va ishning sudda to‘liq yopilishiga erishish uchun kurashishini bildirgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jonni Depp “Karib dengizi qaroqchilari”ga qaytishi mumkin

Jonni Depp kapitan Jek Chittak rolida “Karib dengizi qaroqchilari”ning oltinchi qismida yana paydo bo‘lishi mumkin. Franshiza prodyuseri Jerri...

Pixar’ning sakrovchi chirog‘i sotuvga chiqdi

Pixar o‘zining 40 yilligi munosabati bilan studiya intro­sida ko‘rinadigan mashhur Luxo Jr. chirog‘ining interaktiv versiyasini taqdim etdi. Endi Pixar...

D23’da Disney’ning kutilayotgan premyera sanalari e’lon qilindi

Disney kompaniyasi D23 tadbirida yaqin yillarda tomoshabinlarga taqdim etiladigan bir qator yirik loyihalarini e’lon qildi. Taqdimotda “Lilo va...

“Hayvonlar shahri 3”: Judi va Nik yana qaytadi

Disney mashhur “Hayvonlar shahri” animatsion franshizasining uchinchi qismi ustida ish boshlaganini D23 tadbirida ma’lum qildi. Bunga 2025-yilda chiqqan “Hayvonlar...