Jonni Depp “Karib dengizi qaroqchilari”ga qaytishi mumkin

Share post:

Jonni Depp kapitan Jek Chittak rolida “Karib dengizi qaroqchilari”ning oltinchi qismida yana paydo bo‘lishi mumkin. Franshiza prodyuseri Jerri Brukxaymer D23 festivalida aktyor bilan muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ijodkorlar Jonni Depp bilan muzokaralar olib bormoqda va film ssenariysi ustida ishlash jarayoni davom etmoqda. Jerri Brukxaymer  Deppning loyihada ishtirok etishiga umid qilmoqda. Biroq yangi film faqat Jek Chittak hikoyasining davomi bo‘lmaydi. Margo Robbi ijro etadigan qahramon filmning asosiy qahramoniga aylanadi, Deppning obrazi esa ikkinchi darajali qahramon sifatida ishtirok etadi.

 Avvalroq, Depp Disney bilan mojaro ortidan Jek Chittak roliga qaytishdan manfaatdor emasligini bildirgan edi. Endilikda esa uning mashhur obrazga qaytishi ehtimoli yana paydo bo‘ldi.

      Ma’lumot o‘rnida, “Karib dengizi qaroqchilari”ning so‘nggi filmi 2017-yilda chiqqan. U jahon prokatida 795,9 million dollar daromad qilgan. Franshizaning dastlabki besh filmi esa jami qariyb 4,5 milliard dollar ishlab topgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....