Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi bir necha bor Donald Tramp ma’muriyatidan AQSH hukumatining rasmiy akkauntlarida mashhur yapon o‘yinlari va anime qahramonlaridan foydalanishni to‘xtatishni so‘radi. Bahsga Oq uy va boshqa AQSH davlat idoralarining rasmiy akkauntlarida so‘nggi bir yil davomida Mario, Pokémon, Naruto kabi mashhur qahramonlar ishtirokidagi mem va videolar sabab bo‘lgan.
Bu haqda Mainichi Shimbun nashri, IGNga tayanib, xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyida Yaponiya AQSH elchixonasi orqali kamida ikki marta rasmiy murojaat yuborgan. Unda intellektual mulk huquqlari buzilishi va bu qahramonlarning davlat siyosati yoki harbiy mavzularga oid materiallarda qo‘llanilishi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlangan.
Shuningdek, The Pokémon Company o‘z qahramonlaridan foydalanish uchun AQSH hukumatiga hech qanday ruxsat bermaganini tasdiqlagan. Mazkur holat ortidan anime va videoo‘yin muxlislari “Protect Japanese Manga” xalqaro murojaati yo‘lga qo‘yib, mualliflik huquqlarini himoya qilishga chaqirgan.

