Marvel “Qasoskorlar: Doktor Dum” treylerini taqdim etdi

Share post:

Marvel Studios uzoq kutilgan “Qasoskorlar: Doktor Dum” (Avengers: Doomsday) filmining ilk treylerini e’lon qildi. Film 18-dekabr kuni jahon kinoteatrlarida namoyish etiladi. E’tiborlisi, aynan shu sanada “Dyuna: 3-qism” ham premyera qilinadi.

Treylerda filmning asosiy yovuz qahramoni Doktor Dum namoyon bo‘ladi. Ushbu obrazni Marvel olamida Temir odam sifatida tanilgan Robert Dauni Jr. ijro etadi. Shuningdek, Kris Hemsvort Tor, Kris Evans esa Stiv Rojers rolida yana ekranlarga qaytadi.

Lavhalarda “Fantastik to‘rtlik”, “X-Men” qahramonlari, Loki, Shan-Chi, Chumoli odam, Sem Uilson va boshqa ko‘plab superqahramonlarning Doktor Dumga qarshi birlashgani aks etgan.

Filmga Jo va Entoni Russo rejissyorlik qilgan. Aka-uka rejissyorlar avval Marvel’ning rekord o‘rnatgan “Qasoskorlar: Cheksizlik urushi” va “Qasoskorlar: Intiho” filmlarini ham suratga olgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmi treyleri chiqdi

Netflix Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmining ilk treylerini namoyish etdi. Film 16-oktabr kuni striming...

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...