“Barbi 2” filmini suratga olish ishlari to‘xtab qoldi

Share post:

Warner Bros. va filmning bosh aktyorlari Margo Robbi hamda Rayan Gosling o‘rtasida gonorar bo‘yicha kelishuvga erishilmagani sabab “Barbi 2” filmini suratga olish ishlari hozircha to‘xtab qoldi.
Ma’lum qilinishicha, Rayan Gosling yangi film uchun 20 million dollar gonorar so‘ramoqda. Rejissyor Greta Gervig esa davomi uchun g‘oyani ishlab chiqqan bo‘lsa-da, aktyorlar va studiya o‘rtasidagi shartnomalar imzolanmaguncha uni Warner Bros. rahbariyatiga taqdim etmaydi.
Agar dekabr oyigacha tomonlar kelishuvga erisha olmasa, “Barbi 2” filmiga bo‘lgan huquqlar yana Mattel kompaniyasiga qaytadi va loyiha yangi ijodiy jamoa bilan qayta ishlab chiqilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda ekranlarga chiqqan “Barbi” filmi jahon prokatida 1,4 milliard dollardan ortiq daromad yig‘ib, yilning eng muvaffaqiyatli filmlaridan biriga aylangan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” 355 mln dollar yig‘di

Sony va Marvel studiyalarining “O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi ilk dam olish kunidayoq AQSh kinoteatrlarida 355 million dollar...

Keyt Middlton yana moda qirolichasiga aylandi

Uels malikasi Keyt Middlton Tatler jurnali talqiniga ko‘ra, yana Britaniyaning eng zamonaviy ayoli deb topildi. Shu tariqa u...

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” ilk namoyishdayoq rekord o‘rnatdi

 Tom Holland bosh rolni ijro etgan “O‘rgimchak odam: Yangi kun” (“Spider-Man: Brand New Day”) filmi prokatni rekord natija...

AI filmlari ilk bor “Oskar” saralash festivaliga kiritildi

Hindistonda o‘tkaziladigan va “Oskar” mukofoti saralash festivallari qatoriga kiruvchi Bengaluru xalqaro qisqa metrajli filmlar festivali (BISFF) 16-mavsumi uchun...