Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Share post:

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi. Bu haqda People nashri xabar berdi.
Sud hujjatlariga ko‘ra, noma’lum shaxslar xonanda bilan ishlagan fotograf va prodyuserlarning shaxsiy akkauntlarini buzib, Ariana Grandening hali chiqarilmagan qo‘shiqlari, suratlari hamda audio va videolarini qo‘lga kiritgan. Keyinchalik ular ushbu materiallarni sotish orqali daromad olgan.
Da’voda aytilishicha, faqat 2023-yilning o‘zida xonandaning 45 ta hali chiqarilmagan qo‘shig‘i internetga sizdirilgan. 2011-yildagi musiqiy faoliyati boshlanganidan buyon esa bunday holatlar yuzlab marta takrorlangan.
Ariana Grande jamoasi sud orqali nafaqat xakerlarning shaxsini aniqlash, balki kelajakda bunday noqonuniy holatlarning oldini olishni ham maqsad qilgan. Ularning ta’kidlashicha, san’atkorlar o‘z ijod mahsulotlarini qachon va qanday taqdim etishni o‘zlari hal qilish huquqiga ega.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....