“Ayollar tomonidan yaratilgan” festivali g‘oliblari aniqlandi

Share post:

Moskvada ilk bor o‘tkazilgan “Ayollar tomonidan yaratilgan” xalqaro kinofestivali o‘z yakuniga yetdi. 8–12-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan festival ayol kinematograflarning ijodiga bag‘ishlanib, Rossiya, Ispaniya, Fransiya, Hindiston, Tunis va Qatar filmlarini bir maydonga jamladi.
Festivalning bosh mukofoti ispaniyalik rejissyor Eva Libertad suratga olgan “Kar” (“Глухая”/ Sorda) filmiga nasib etdi. Kartina onalik, o‘zini va boshqalarni qabul qilishi hamda eshitishida nuqsoni bo‘lgan insonlar o‘rtasidagi o‘zaro tushunish haqida hikoya qiladi.
“Eng yaxshi rejissyor” nominatsiyasida Viktoriya Mokerovaning “Tuyg‘ular” (“Чувства”) filmi g‘olib bo‘ldi. “Eng yaxshi ssenariy” mukofoti esa Yekaterina Gorbachyovaning oilasi hayotidagi haqiqiy voqealar asosida ishlangan “Onamning blyuzi” (“Мамин блюз”) filmiga topshirildi.
Shuningdek, Fransiya–Tunis–Qatar hamkorligida suratga olingan “Va’da qilingan osmon” (“Обещанное небо”) kartinasi birdaniga ikki mukofot – “Eng yaxshi operatorlik ishi” va “Eng yaxshi musiqa” yo‘nalishlarida g‘olib bo‘ldi. “Tomoshabinlar e’tirofi” ga sazovor bo‘lgan film esa Yuliya Voytyukning “Sasha ketayotgan edi” (“Шла Саша”) kartinasi bo‘ldi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....