“Dyuna” olamining navbatdagi filmi “Dyuna-3” ning to‘liq treyleri internetda namoyish etildi. Film xorijiy kinoteatrlarda joriy yilning 18-dekabr kuni namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Kartinada Timote Shalame, Zendaya, Anya Taylor-Joy, Florens Pyu, Robert Pattinson va Jeyson Momoa kabi yulduzlar rol ijro etadi.
Film Frank Gerbertning “Dyuna Messa” romani asosida suratga olingan. Loyiha rejissyori Deni Vilnov bo‘lib, u yangi film Pol Atreydes haqidagi voqealarining yakuni bo‘lishini ma’lum qilgan.
Avvalgi “Dyuna” va “Dyuna: Ikkinchi qism” filmlari jahon prokatida 1,12 milliard dollar daromad to‘plagan va 15 nominatsiyadan 8 ta “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan. Shu bois “Dyuna-3” yilning eng kutilayotgan ilmiy-fantastik filmlaridan biri sifatida baholanmoqda.

