Britni Spirs haqida biografik film suratga olinadi

Share post:

Britni Spirs haqidagi biografik film loyihasini ishlab chiqish bosqichlari davom etmoqda. Bu haqda Page Six nashri xabar berdi.
Film ssenariysining dastlabki qoralamasini taniqli ssenariynavis Liz Meriveter yozadi. Loyiha rejissyori sifatida Jonatan Murrey tanlangan.
Shuningdek, biografik film Britni Spirsning 2023-yilda chop etilgan “The Woman in Me” nomli xotiralar kitobi asosida suratga olinadi. Aktrisaning ushbu xotiralar kitobi AQShda 3 milliondan ortiq, dunyo bo‘ylab esa 6 milliondan ortiq nusxada sotilgan va The New York Times’ning bestsellerlar ro‘yxatida yuqori o‘rinlarni egallagan.  Kitobda Britni Spirs bolaligi, muvaffaqiyatga erishish yo‘li, shaxsiy hayoti haqida hikoya qiladi. Biografik filmda aynan shu voqealar asosiy mavzu bo‘lishi kutilmoqda.
Avvalroq, Life & Style Magazine Britni Spirs roliga da’vogar aktrisalarni ma’lum qilgan edi. Hozircha, bosh rol ijrochisi rasman e’lon qilinmagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....