To‘yda olingan suratlar “Madison Square Garden” xodimlariga qimmatga tushdi

Share post:

Teylor Svift va Trevis Kelsining to‘yidan keyin “Madison Square Garden” arenasining bir necha xodimi ishidan chetlatildi. Page Six nashrining manbalarga tayanib xabar berishicha, bunga marosimdan avval sport majmuasi hududida olingan suratlar sabab bo‘lgan.
Manbalarga ko‘ra, dastlab ikki nafar sahna xodimi obyektdan chetlatilgan. Biroq boshqa bir manbaga ko‘ra, chetlatilganlar soni to‘rt nafarga yetgan. Ular kasaba uyushmasi a’zolari bo‘lgani va arena shtatida rasman ishlamagani sababli to‘liq ishdan bo‘shatilmagan. Biroq endilikda ularga “Madison Square Garden”da ishlash taqiqlanadi, ammo holding tasarrufidagi boshqa maydonlarda faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Yulduzli juftlikning munosabatlari 2023-yilda boshlangan. Ularning sevgisi Kelsi Sviftga telefon raqami yozilgan do‘stlik bilaguzugini topshirishidan boshlangan. Keyinchalik xonanda sportchining o‘yinlariga, Kelsi esa Sviftning konsertlariga muntazam tashrif buyura boshlagan. 2025-yil avgust oyida ular unashtirilganini e’lon qilgan, endilikda esa rasman turmush qurdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Britni Spirsning albomga kiritilmagan qo‘shig‘i 25 yildan keyin chiqdi

Britni Spirs 2001-yilda Jastin Timberleyk bilan birgalikda yozgan, ammo shu paytgacha rasman e’lon qilinmagan “She’ll Never Be Me”...

Sidni Suini va Merilin Monro uzoq qarindosh ekanligi aniqlandi

“Eyforiya” seriali yulduzi Sidni Suini va Gollivud afsonasi Merilin Monro uzoq qarindosh bo‘lib chiqdi. MyHeritage platformasi o‘tkazgan yangi...

J.K. Rouling “Garri Potter” olami haqida yana ikki kitob chiqaradi

Britaniyalik yozuvchi J.K. Rouling “Garri Potter” olamiga bag‘ishlangan yana ikki kitobini taqdim etadi. Yangi nashrlar fevral oyida Bloomsbury...

Baxt izidan: Emiliya Klark va Josh Brolin yangi serialda

“Taxtlar o‘yini” yulduzi Emiliya Klark va aktyor Josh Brolin “A Roadmap to Happiness” (“Baxt sari yo‘l”) hujjatli serialida...