Fransiyaning Miraculous Corp. kompaniyasi “Xonqizining sarguzashlari” multserialining mualliflik huquqi egasi sifatida Rossiyaning “Lenta” supermarketlar tarmog‘iga qarshi sudga ariza berdi. Bu haqda Kommersant nashri xabar bergan. Da’vo Moskva arbitraj sudiga topshirilgan. Kompaniya “Lenta”ni multserial qahramonlari tasviri tushirilgan mahsulotlarni ruxsatsiz sotish orqali mualliflik huquqlarini buzganlikda ayblab, buning uchun kompensatsiya talab qilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, “Lenta” bu ish bo‘yicha yagona javobgar emas. Turli mashhur personajlar ishtirokidagi aksiyaga qo‘yilgan mahsulotlar ishlab chiqishda ishtirok etgan bir nechta marketing agentliklari ham da’voga kiritilgan.
Ma’lumot o‘rnida, “Xonqizining sarguzashlari” Parijda yashovchi ikki maktab o‘quvchisining superqahramonlarga aylanishi haqida hikoya qiluvchi mashhur multserial bo‘lib, uning ilk qismi 2015-yilda namoyish etilgan.
Fransuz kompaniyasi “Xonqizining sarguzashtlari” sabab rus kompaniyasini sudga berdi
Share post:

