Eva Grin Netflixning mashhur “Wednesday” filmini suratga olish jarayonida jarohat oldi

Share post:

Eva Grin Netflixning mashhur «Wednesday» seriali uchinchi mavsumi suratga olish ishlari vaqtida jarohat oldi. Ma’lum qilinishicha, hodisa Dublin yaqinidagi suratga olish maydonchasida yuz bergan. Aktrisa shifoxonaga olib borilgan va unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shu sababli suratga olish ishlari vaqtincha to‘xtatilib, ijodiy guruhning ish jadvaliga o‘zgartirish kiritilgan. Netflix vakillari Eva Grinning jarohat olganini tasdiqlagan, biroq hodisa tafsilotlari va jarohatning turi oshkor etilmagan. Hozirda aktrisaning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda. Eva Grin 2025-yil noyabr oyida serial aktyorlar tarkibiga qo‘shilgandi. U yangi mavsumda Ofeliya Addams — Mortisha Addamsning singlisi ya’ni Uensdeyning xolasi rolini ijro etadi. Mortisha obrazini esa Ketrin Zeta-Jons gavdalantirmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...

Jonni Depp yangi trillerda: “Abadiy sayyoh”dan ilk lavhalar

Lionsgate Jonni Depp va Penelopa Kruz bosh rollarni ijro etgan “Abadiy sayyoh” trillerining ilk tizerini taqdim etdi. https://youtu.be/inMaA9KhtrU?si=Bw6pvIc6g3tJvVTO Filmni “Yozning...

Amir Temur haqidagi film xalqaro tanlovda mukofotlandi

“Amir Temur: Bolalik davri” filmi Venetsiyada o‘tkazilgan “AI Film Awards” xalqaro tanlovida eng yuqori mukofotlardan biriga loyiq ko‘rildi. Sun’iy...

Oksana Samoylova Jigan bilan nega ajrashmoqchi?

Oksana Samoylova Jigan bilan munosabatlari va ajrashish qaroriga sabab bo‘lgan voqealar haqida gapirdi. Samoylovaning aytishicha, oiladagi muammolar 2020-yilda boshlangan....