O‘zbek milliy akademik drama teatrini kapital ta’mirlash1 mlrd 870 mln so‘mga tushadi

Share post:

Toshkent shahridagi O‘zbek milliy akademik drama teatri binosi kapital ta’mirdan chiqariladi. Bu haqda poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqovning 25-iyundagi qarorida ma’lum qilingan. Loyihani amalga oshirish uchun Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasidan 1 milliard 870 million so‘m mablag‘ ajratiladi. Ta’mirlash ishlari bilan bir qatorda teatr atrofi ham obodonlashtiriladi. Buyurtmachi sifatida Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi belgilangan. O‘zbek milliy akademik drama teatri yurtimizning eng qadimiy teatrlaridan biri hisoblanadi. Uning tarixi 1914-yilda Abdulla Avloniy tomonidan tashkil etilgan “Turon” teatr truppasidan boshlangan. Teatr 1933-yilda akademik maqomini olgan, 2001-yilda esa Prezident farmoni bilan hozirgi nomiga ega bo‘lgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Maksim Kaliningraddagi konsertini yana bekor qildi

Xonanda Maksim Kaliningraddagi konserti yana bekor qilinganini ma’lum qildi. Dastlab 2-avgustga rejalashtirilgan chiqish 28-sentyabrga ko‘chirilgan edi, biroq belgilangan...

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmiga qo‘shimcha sahnalar kiritilishi mumkin

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi qo‘shimcha sahnalar bilan kinoteatrlarda qayta namoyish etilishi mumkin. Bu haqda Deadline nashri manbalariga...

Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmi treyleri chiqdi

Netflix Penelopa Kruz va Glenn Klouz ishtirokidagi “Qora shar” filmining ilk treylerini namoyish etdi. Film 16-oktabr kuni striming...

“Qasoskorlar: Intiho” qayta namoyishda rekord natija ko‘rsatdi

Disney va Marvel Studios tomonidan qayta namoyish etilgan “Qasoskorlar: Intiho” filmi jahon prokatida $86 million daromad olib, qayta...