ASL Wayne va Massa 8 ta shaharda konsert beradi

Share post:

ASL Wayne va Massa O‘zbekiston bo‘ylab o‘tkaziladigan “ULTIMATE TOUR 2026” gastrol safari oldidan matbuot anjumani tashkil etdi.

Unda prodyuser Aziz Tulkin, Massa va Mubinlolo konsert dasturi va loyihaning asosiy maqsadi haqida ma’lumot berdi. Ularning ta’kidlashicha, ushbu gastrol safari oddiy konsertlardan farq qiladi va tomoshabinlarga keng ko‘lamli audiovizual shou taqdim etiladi.

Matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, tur doirasida ASL Wayne va Massa bilan birga “Harmoney Music” leyblining Mubinlolo, Doxxim, AbroBey, Minor va boshqa ijrochilari ham sahnaga chiqadi. Shuningdek, har bir shaharda tomoshabinlar uchun maxsus mehmon san’atkorlar ham tayyorlangan.

Bundan tashqari “ULTIMATE TOUR 2026”ning asosiy maqsadi O‘zbekistonda konsert industriyasini rivojlantirish hamda viloyatlardagi muxlislarga ham poytaxt darajasidagi tomoshalarni taqdim etishdan iborat.

Gastrol safari 17-iyul kuni Buxoroda start olib, Navoiy, Samarqand, Guliston, Andijon, Farg‘ona va Urganch shaharlarida davom etadi. Turnening yakuniy konserti esa 15-noyabr kuni Toshkentdagi Humo Arena’da bo‘lib o‘tadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...