O‘zbek estradasi vakili, xonanda Shirin Zoitovaga ikkinchi bor onalik baxti nasib etdi. Bu haqda uning turmush o‘rtog‘i, xonanda va bastakor Nodir Zoitov oʻz Instagram sahifasida ma’lum qildi. U tug‘uruqxonadan olingan suratni ulashib, shunday yozgan:
“Yana bir bor ota bo‘ldim. Ona qizim Aylin, xush kelding bag‘rimizga.”

Ma’lumki, Shirin va Nodir Zoitovlar avval ham Yasmina ismli qiz farzandni voyaga yetkazib kelayotgan edi. Endilikda ularning oilasida yana bir malika – Aylinning dunyoga keldi.

San’at Dunyosi tahririyati xonanda Shirin va Nodir Zoitovlarni qiz farzand bilan tabriklaydi. Kichkintoy Aylinga sog‘lik-salomatlik, baxtli va yorug‘ kelajak tilaydi.

