Aktrisa Feruza Yusupova hijobga kirdi

Share post:

Oxirgi vaqtlar ijtimoiy tarmoqlarida ko‘rinish bermay qo‘ygan aktrisa va instabloger Feruza Yusupova muxlislariga yangi qiyofada ko‘rinish berdi. U sahifasida ro‘mol o‘rab tushgan suratlarini ulashib, endi sekin-asta eski hayot tarziga qaytayotganini ma’lum qildi.

Yusupovaning aytishicha, u so‘nggi 20 kun davomida jiddiy davolanish jarayonini boshdan kechirgan. Bu davr aktrisaning hayotga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirib, unga sog‘liq, yaqinlar va har bir lahzaning qadrini his etishni o‘rgatgan. Shuningdek, u turmush o‘rtog‘i qiyin kunlarda bir daqiqa ham yonidan ketmaganini alohida ta’kidlab oʻtgan.

“Ro‘mol o‘rashni hali o‘rganmadim, endi sekin o‘rganaman”, — deb yozgan Feruza Yusupova muxlislarining iliq tilaklari uchun minnatdorlik bildirib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Eydan Gillen va Indira Varma “Yosh Sherlok”da rol o‘ynaydi

Gay Richi suratga olayotgan “Young Sherlock” (“Yosh Sherlok”) serialining ikkinchi mavsumida yangi aktyorlar ishtirok etadi. Bu haqda Deadline...

Maykl B. Jordan yangi “Tomas Kraun hiylasi” filmida bosh rolni ijro etdi

Amazon MGM studiyasi “Tomas Kraun hiylasi” (The Thomas Crown Affair) filmining remeyki uchun ilk treylerni taqdim etdi. Filmda...

BTS nega “Gremmi”da ishtirok etmaydi?

Janubiy Koreyaning mashhur BTS guruhi bu yil “Gremmi” mukofotiga nomzodini qo‘ymasligini ma’lum qildi. Bunga mukofot tashkilotchilarining koreys, yapon...

Ariana Grande nega xakerlarni sudga berdi?

Amerikalik xonanda Ariana Grande shaxsiy ma’lumotlari va hali e’lon qilinmagan ijodiy materiallarini o‘g‘irlagan xakerlarga qarshi sudga murojaat qildi....