Anjelina Joli va Bred Pittning yana bir farzandi otasining familiyasidan voz kechdi

Share post:

Angelina Joli va Bred Pittning yana bir farzandi otasining familiyasidan omma oldida voz kechdi. Bu haqda “Page Six” nashri xabar berdi.

Gap ularning o‘g‘li Knoks Jolie-Pittning maktab bitiruv diplomiga oid ma’lumot haqida ketmoqda. Rasmiy ta’lim hujjatida yigitning ismi faqat “Knox Jolie” deb ko‘rsatilgan. E’tiborlisi, bu holat uning 18 yoshga to‘lishiga bir necha hafta qolganda jamoatchilikka ma’lum bo‘ldi. Nashr manbasiga ko‘ra, Anjelina Joli bolalarining otasidan uzoqlashganidan mamnun ko‘rinadi. Boshqa bir manba esa Joli yillar davomida Bred Pitt va farzandlari bilan oilaviy terapiyada qatnashganini ta’kidlab, agar Pittning bolalari bilan munosabatlari yaqin bo‘lmasa, bunga o‘tmishda yuz bergan voqealar sabab bo‘lganini aytgan. Manba so‘zlariga ko‘ra: “U (Bred Pitt) o‘z harakatlari haqida to‘liq ochiq bo‘lmagan va bu bolalarning unga bo‘lgan ishonchiga ta’sir qilgan. Farzandlar uchun bu davr juda og‘ir kechgan.”

Avvalroq boshqa farzandlar — Zahara Joli, Maddoks Joli va Shiloh Joli ham familiyani o‘zgartirish bo‘yicha hujjatlar topshirgan edi. Shuningdek, Vivienne Joli va Paks Joli ham ayrim hollarda faqat onasining familiyasidan foydalangan, biroq ular tomonidan rasmiy ariza berilgani haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Aytish joizki, yaqinda internetda Knoksning boks ringidagi videosi tarqalganidan so‘ng, ko‘plab foydalanuvchilar uni otasi Bred Pittning “Fight Club” filmidagi qahramoniga o‘xshatishdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Maykl” filmi haqida: haqiqat va badiiy to‘qimalar

“Maykl” biopik filmi jahon prokatiga chiqqaniga bir oydan oshdi, Rossiyada esa tomoshabinlar uni 2026-yil 28-maydan boshlab ko‘rish imkoniga...

Bekhemga Shon-shuhrat xiyobonida yulduz qo‘yildi

Afsonaviy futbolchi Devid Bekhem Gollivudning “Shon-shuhrat xiyoboni”da o‘z yulduziga ega bo‘ldi. Marosimda uning turmush o‘rtog‘i Viktoriya Bekhem, farzandlari...

Kallum Tyorner Dua Lipaning u uchun qilgan fidokorligi haqida gapirib berdi

Kallum Tyorner qo‘shiqchi Dua Lipa uning uchun katta qurbonlik qilishga tayyor ekani haqida aytib berdi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra,...

Vazira Yunusova 36 yildan beri san’atdaligi, lekin mehnatlari mukofotlanmaganidan hayron

Taniqli oʻzbek teatr va kino aktrisasi, Oʻzbek milliy akademik drama teatri aʼzosi Vazira Yunusova Darakchi nashriga bergan intervyusida...