Kallum Tyorner Dua Lipaning u uchun qilgan fidokorligi haqida gapirib berdi

Share post:

Kallum Tyorner qo‘shiqchi Dua Lipa uning uchun katta qurbonlik qilishga tayyor ekani haqida aytib berdi. Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, Kallum yangi loyiha ustida ishlayotgan paytda Dua Lipa AQSHga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘ldi.

Intervyuda Kallum unga birdaniga ikkita yirik film loyihasidan taklif tushganini ma’lum qildi. Aktyorning aytishicha, ish jadvali juda tig‘iz bo‘lgani sababli u ko‘p vaqtini uyidan uzoqda o‘tkazmoqda. Shu bois Dua ular ko‘proq birga vaqt o‘tkazishlari uchun AQSHga ko‘chib o‘tishga qaror qilgan. “Biz imkon qadar ko‘proq vaqtni birga o‘tkazishga harakat qilamiz”, — deya Tyornerning so‘zlarini Daily Mail nashri keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, juftlik 31-may kuni rasman turmush qurdi. Kamtarona nikoh marosimi “Old Marylebone Town Hall”da bo‘lib o‘tdi. To‘y tantanalari esa Italiyada uch kun davom etdi. Birinchi kuni yangi turmush qurganlar to‘ydan oldingi kechki ovqatni tashkil qilishgan. Juftlik 2024-yilda tanishgan. Qiziq tomoni, Dua va Kallum bir kafeda o‘tirib, aynan bir xil kitobni o‘qiyotgan bo‘lishgan va bu ularning suhbat boshlashiga sabab bo‘lgan. Shundan so‘ng ular tez-tez birga ko‘rina boshlashdi. 2025-yil iyun oyida Dua rasman Kallum unga turmush qurish taklifini berganini tasdiqlagan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jennifer Lopesning sobiq eri Pi Diddini tahdid va ta’qibda aybladi

Jennifer Lopesning sobiq turmush o‘rtog‘i Ohani Noa reper Pi Diddiga nisbatan  jiddiy ayblov bilan chiqdi.The Sun nashriga bergan...

Kristofer Nolan nega romantik komediya suratga olmaydi?

Odatda ilmiy-fantastik va murakkab syujetli filmlari bilan tanilgan rejissyor Kristofer Nolan nega romantik komediya janriga qo‘l urmasligini ma’lum...

Luvr muzeyining afsonaviy Apollon galereyasi o‘g‘irlikdan keyin ilk bor tashrif buyuruvchilarni bag‘riga oldi

Fransiyadagi dunyoga mashhur Luvr muzeyi o‘zining tarixiy Apollon galereyasini yana tashrif buyuruvchilar uchun ochdi. Biroq galereya bu safar...

Vulture Gollivudning eng kuchli 100 rejissyorini e’lon qildi

Vulture jurnali Gollivudning eng nufuzli 100 nafar rejissyor reytingini e’lon qildi. Roʻyxatning birinchi pogʻonasini britaniyalik rejissyor Kristofer Nolan...