Mashhur aktrisa Zendaya “Eyforiya”, “Odisseya” va “Dyun” filmlarini bir vaqtda suratga tushdi. Aktrisa Elle jurnaliga bergan intervyusida bu jarayon unga juda og’ir kechganini aytib berdi.
Uning takidlashicha, jadval juda tig‘iz bo‘lgan va u deyarli bir loyihadan boshqasiga tez-tez o‘tib turishga majbur bo‘lgan. U intervyuda “Men “Eyforiya”filmining suratga olish maydonida tungi smenalarida juda charchagan edim va shu bilan birga “Dyun” uchun Chakobsa tilida matn yodlayotgan edim. Keyin esa “Odisseya” uchun ham tayyorlanib, Islandiyaga safarga chiqish arafasida matnlarni qayta yozib chiqdim.”– deb tarifladi.
Shuningdek, Kristofer Nolan bilan ishlash oson bo‘lmaganini, ham aytib o‘tadi. “Eng uyatli narsa – o‘z so‘zlaringni unutib qo‘yish, va bu menda bir marta bo‘ldi,” deya kulib esladi u.
Shuningdek, u shunchalik tig‘iz yil bo‘lgani uchun kino ishlari orasida biroz tanaffus olishni rejalashtirayotganini ham aytgan.

