Tayla Met Gala’dagi Rianna bilan bog‘liq mish-mishlarga izoh berdi

Share post:

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda go‘yoki Rianna yosh xonandani e’tiborsiz qoldirgandek ko‘ringan. Kadrlarda Tayla Rianna jurnalistlar bilan suhbatlashayotgan paytda uning yonida turgani aks etgan. Shu holat muxlislar orasida ular o‘rtasida kelishmovchilik bor degan taxminlarga sabab bo‘lgan. Biroq Tayla bu mish-mishlarni rad etdi. U TikTok’da hech qanday konflikt bo‘lmaganini aytdi. Xonandaning so‘zlariga ko‘ra, u shunchaki Rianna jurnalistlar bilan gaplashayotgan paytda suhbatga aralashishni noo‘rin deb hisoblagan. “Men biroz noqulay ahvolda qoldim, qanday salomlashishni ham bilmadim. Agar kimdir banddek tuyulsa, men shunchaki jim turaman”, –deya izoh berdi Tayla. Shuningdek, u Riannaga katta hurmat bilan qarashini ta’kidladi: “Hamma biladi, men Riannani yaxshi ko‘raman”,  dedi u. Avval ham Tayla uning ijodi va uslubidan ilhom olishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Tayla “Water” qo‘shig‘i orqali dunyoga mashhur bo‘lib, so‘nggi paytlarda Z avlodining eng yorqin yulduzlaridan biriga aylangan. Rihanna esa 2005-yilda “Music of the Sun” albomi va “Pon de Replay” xiti bilan tanilgan. Uning haqiqiy katta muvaffaqiyati esa 2007-yilda Jay-Z ishtirokidagi “Umbrella” qo‘shig‘i bilan boshlangan.

Bugungi kunda Rianna 8 karra “Grammy” mukofoti sovrindori bo‘lib, nafaqat musiqa, balki biznes sohasida ham katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Uning Fenty Beauty brendi ayniqsa keng rang tanlovi bilan mashhur bo‘lib ketgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“BTS” a’zolari Meksika prezidenti bilan uchrashdi

“BTS” guruhi a’zolari — RM, Jin, Shuga, Jey Houp, Jimin, V va Chonguk Mexikodagi konsertlari oldidan Klaudiya Sheynbaum...

Vinni-Puxning yo‘qolgan do‘sti qaytdi

Mashhur multfilm yaratilishiga sababchi bo‘lgan Piglet, Tigger, Eyor va Kenga asl o‘yinchoqlari 1987-yilda Nyu-York jamoat kutubxonasiga topshirilgan. Biroq,...

Yangi talqindagi “Garri Potter” serialining 2-mavsumi suratga olinadi

HBO (Home Box Office) mashhur “Garri Potter” serialining ikkinchi mavsumi suratga olinishini rasman tasdiqladi.Afsonaviy kino franshizaning yangi talqini...

Ledi Gaga yopiq konserti asosida film chiqaradi

Ledi Gaga muxlislari uchun yangi loyiha tayyorlamoqda. Xonanda o‘zining Los-Anjelesdagi yopiq konserti asosida suratga olingan konsert filmi va...