Tom Xardi sog‘lig‘i sabab aktyorlik faoliyatida bir necha yillik tanaffus olishga qaror qildi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

48 yoshli aktyor dam olishni istayotgani aytilmoqda. Insayderlarga ko‘ra, Xardi hozir “MobLand” serialining ikkinchi mavsumi suratga olish ishlarini yakunlamoqda. Shundan so‘ng u “ijodiy ta’til”ga chiqadi va bu tanaffus bir necha yil davom etishi mumkin.
O‘tgan yili aktyor jismoniy faollik talab qiladigan rollar ustida ishlash uni ancha holdan toydirayotganini aytgandi.
“Men ikki marta tizzamdan operatsiya bo‘ldim, umurtqamda disk churrasi va siyatik bor. Hammasi yemirilyapti, buning yaxshilanishi qiyin”, — degan edi aktyor o‘z ahvoli haqida.
Ma’lumot uchun, “MobLand” ikkinchi mavsumi premyerasi shu yil kutilmoqda. Shundan keyin esa Tom Xardi bir muddat kino olamidan uzoqlashishi mumkin.

