Xiva shahrida xalqaro xoreografiya yig‘ilishi o‘tkazildi
Xiva shahrida xalqaro xoreografiya yig‘ilishi o‘tkazildi
Xiva shahrida III xalqaro “Lazgi” raqs festivali doirasida TURKSOYga a’zo davlatlarning “Turk dunyosining an’anaviy xalq raqslari antologiyasi” mavzusida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Madaniyat vazirligi, TURKSOY tashkiloti hamda qator xoreografiya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etilib, III davlat xoreografiya oliy o‘quv yurtlari rektorlari va rahbarlari ishtirokida o‘tkazildi.

Unda Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya va Turkmanistonning davlat xoreografiya oliy o’quv yurtlari rektorlari va rahbarlari, xoreografiya sohasidagi mutaxassislar, professor-o’qituvchilar va ilmiy xodimlar, shuningdek o‘zbekistonlik olim va mutaxassislar ishtirok etdi. Ushbu tadbirning asosiy maqsadi xalq raqslari sohasida hamkorlikni rivojlantirish, tajriba almashish va “Turk dunyosining an’anaviy xalq raqslari antologiyasi” loyihasining yagona konsepsiyasini ishlab chiqishdan iborat. Yig‘ilish yakunida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va “Turk dunyosining an’anaviy xalq raqslari antologiyasi” loyihasini amalga oshirishga qaratilgan yakuniy rezolyutsiya qabul qilindi.



