Nikol Kidman serial suratga olishidan keyin shifoxonaga yotqizildi

Share post:

“Margoning pul bilan bog‘liq muammolari” seriali suratga olish jarayonidan so‘ng Gollivud aktrisasi Nikol Kidman shifoxonaga olib ketildi. Xabarlarga ko‘ra, u o‘zini yomon his qilayotganiga qaramay suratga olishda qatnashgan.

58 yoshli yulduz serialda sobiq professional restler rolini ijro etmoqda va ishga bo‘lgan sadoqati bilan barchani hayratda qoldirgan. Bu haqda People xabar berdi.

Aktrisaning serialdagi hamkasbi Nik Offermenning aytishicha, suratga olish kuni ertalab Nikolning ahvoli yomonligi haqida xabar kelgan va hatto u sahnada ishtirok eta olmasligi ehtimoli ham bo‘lgan. Ammo soat 11 lar atrofida aktrisa maydonga kelgan.

“Nikol juda yomon ahvolda edi. Juda oqarib ketgan va holdan toygan ko‘rinar edi. U kuchli gripp bo‘lishiga qaramay keldi va har bir kadrda ishtirok etish uchun qo‘lidan kelganini qildi”, — dedi Offerman.

Gripp alomatlariga qaramay, Kidman o‘z qahramoniga oid barcha sahnalarni suratga tushib bo‘ldi. Offermenning aytishicha, suratga olish tugagach, aktrisani tomchilatib dori qo‘yish uchun shifoxonaga olib ketishgan.

Aktyor Nikol Kidmanning matonati va fidoyiligini alohida ta’kidlab, bu harakatni hayratlanarli va olijanob deb atagan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Xeyli Biber ijtimoiy tarmoqlardagi xeytlarga javob berdi

Xeyli Biber yana bir bor ijtimoiy tarmoqlarda muhokama markaziga aylandi. Bu safar esa u o‘ziga qaratilgan xeytga hazil...

“Qattiqqo‘l xonim 2” filmidan Anna Vintur sahnasi olib tashlanadi

Kino olamida eng kutilayotgan davomiy filmlardan biri “Qattiqqo‘l xonim 2” yana bir bor muhokamalar markazida. Film hali premyeraga...

Silvestr Stallone ishtirokidagi “Politsiyachilar” filmi asosida serial suratga olinadi

Besh karra “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan rejissyor Jeyms Mangold o‘zining 1997-yildagi “Politsiyachilar” filmi asosida serial suratga oladi. Bu...

“Uzuklar hukmdori” serialining uchinchi mavsumi kutilganidan erta chiqadi

“Uzuklar hukmdori: Qudrat uzuklari” muxlislari uchun quvonchli xabar — serialning uchinchi mavsumi premyerasi kutilganidan avvalroq bo‘lib o‘tadi. Dastlab...