Irem Helvajiog‘lu Ural Kaspar bilan ajrashdi

Share post:

O‘zbek tomoshabinlariga “So‘yla Qora dengiz” serialidagi Nafas roli orqali tanilgan turk aktrisasi Irem Helvajiog‘lu va tadbirkor turmush o‘rtog‘i Ural Kasparning nikohi rasman yakunlandi. 1,5 yil davom etgan turmushdan keyingi ajrashuv ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Shu bilan birga, ko‘pchilik Ural Kasparning faoliyati bilan ham qiziqa boshladi.

Juftlik 2024-yil kuzida kutilmaganda turmush qurgan edi. 2025-yilda esa ular Sora ismli qiz farzandli bo‘lishgan.

Biroq to‘ydan ko‘p o‘tmay, oilada kelishmovchiliklar borligi haqidagi mish-mishlar paydo bo‘la boshlagan. Oxir-oqibat, Irem Helvajiog‘lu va Ural Kaspar bir sud majlisidayoq ajrashishga qaror qilgan. Xabarlarga ko‘ra, aktrisa ajrashuvdan so‘ng ziyoratgohga borgani ham e’tibor tortgan.

Ajrashuvdan keyin nafaqa va kompensatsiya masalalari ham muhokamaga sabab bo‘ldi. Ural Kaspar aliment to‘lamaslik uchun qizi Soradan familiyasini qaytarib olgani aytilmoqda.

Ural Kaspar restoran biznesi bilan shug‘ullanadi. U Istanbulda joylashgan “The Rua Suadiye” restorani egasi bo‘lib, restoran boshqaruvi sohasida faoliyat yuritadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

“Transformerlar” rejissyori “Men – afsonaman” filmining davomini suratga oladi

Kichik Stiven Keypl  “Men afsonaman” filmining davomini suratga oladi. Bu haqda Collider xabar berdi. Avval u “Krid II”...

Bleyk Layvli Jastin Baldonidan 40 mln dollar talab qildi

Bleyk Layvli yana Jastin Baldoniga qarshi yangi talab bilan chiqdi. Aktrisa navbatdagi da’vo arizasini  topshirganini TMZ xabar qildi....

Jenna Ortega Parijda “Uenzdey” 3-mavsumni suratga olish jarayonida ko‘rindi

Jenna Ortega va rejissyor Tim Byorton “Uenzdey” serialining 3-mavsumi suratga olish maydonchasida, kutilmaganda Parijda paparatsilar tomonidan tasvirga olingan. Yangi...

Kris Payn yangi “Malikaning kundaligi” filmida rolga qaytishi mumkin

Internetda anchadan beri “Malikaning kundaligi” filmining davomi muhokama qilinmoqda. Endi esa Kris Payn ham loyiha tarkibiga qo‘shilishi mumkinligi...