Bleyk Layvli Jastin Baldonidan 40 mln dollar talab qildi

Share post:

Bleyk Layvli yana Jastin Baldoniga qarshi yangi talab bilan chiqdi. Aktrisa navbatdagi da’vo arizasini  topshirganini TMZ xabar qildi. Avvalroq sud aktrisaning talablarini katta qismini rad etgan edi. Endi esa Layvli “Hammasi biz bilan tugaydi” filmidagi sobiq hamkasbidan 40 mln dollar undirishni rejalamoqda.

Gap shundaki, sud jarayonlaridan keyin internetda aktrisa haqida “behis”, “yomon qiz” kabi salbiy izohlar ko‘payib ketgan. Layvli yollagan ekspert hisob-kitobiga ko‘ra, bunday mazmundagi 176 mlndan ortiq izohlar aniqlangan. Bu esa uning obro‘siga 36,5 mlndan 40,5 mln dollargacha zarar yetkazgan deb baholanmoqda.

Baldonining advokatlari esa bu summani “kulgili” deb atagan. Ma’lum qilinishicha, tomonlar 18-may kuni sudda yana yuzma-yuz kelishadi.

Eslatib o‘tamiz, “Hammasi biz bilan tugaydi” filmida birga ishlagan sobiq hamkasblar o‘rtasidagi mojaro 2024-yil dekabrda ochiq tus olgan. Bleyk Layvli Baldonini ta’qib va obro‘sini tushirishga urinishda ayblangan. Jastin Baldoni esa bunga javoban qarshi da’volar, jumladan tuhmat bo‘yicha ariza bergan. Aktrisaning turmush o‘rtogi Rayan Reynolds ham uni qo‘llab-quvvatlab, “Hayotimda hech qachon rafiqam bilan bu qadar  faxrlanmaganman” degan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Jenna Ortega Parijda “Uenzdey” 3-mavsumni suratga olish jarayonida ko‘rindi

Jenna Ortega va rejissyor Tim Byorton “Uenzdey” serialining 3-mavsumi suratga olish maydonchasida, kutilmaganda Parijda paparatsilar tomonidan tasvirga olingan. Yangi...

Kris Payn yangi “Malikaning kundaligi” filmida rolga qaytishi mumkin

Internetda anchadan beri “Malikaning kundaligi” filmining davomi muhokama qilinmoqda. Endi esa Kris Payn ham loyiha tarkibiga qo‘shilishi mumkinligi...

Kichik Robert Dauni endi yovuz qahramon bo‘ladi

Kichik Robert Daunining Marvel’ga qaytishi ancha vaqtdan beri muhokamada edi. Endi esa eng muhim detal ochiqlandi – u...

Natali Portman uchinchi bor ona bo‘ladi

“Oskar” mukofoti sovrindori aktrisa Natali Portman tez orada yana ona bo‘lishini ma’lum qildi. Hozirda uning sobiq turmush o‘rtog‘i...