Kichik Robert Daunining Marvel’ga qaytishi ancha vaqtdan beri muhokamada edi. Endi esa eng muhim detal ochiqlandi – u bu safar qahramon emas. Marvel studiyasi rahbari Kevin Feygi bu qaror sababini tushuntirdi. Uning aytishicha, aktyorni qaytarish g‘oyasi bir necha yildan beri bor edi.
“U Marvel koinotining ajralmas qismiga aylangan, shuning uchun uni qanday qilib qaytarish mumkinligi ustida uzoq o‘yladik” dedi u. Natijada studiya kutilmagan yo‘lni tanladi – eng mashhur qaharamonlardan birini asosiy yovuzga aylantirish. Endi Robert Dauni Doktor Dum rolida chiqadi. Bu g‘oya taxminan 3,5 yil oldin paydo bo‘lgan.
Yangi film Marvelning eng katta loyihalaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Unda turli jamoalar birlashadi: “Qasoskorlar”, “X-Men” va “Fantastik to‘rtlik”. Syujetiga ko‘ra, ular Doktor Dum tahdidiga qarshi kurashadi. Premyera esa 2026-yil dekabr oyiga rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, aktyorning qaytishi haqida ilk bor 2024-yilda Comic Con’da aytilgan edi. O‘shanda u yangi rol bilan chiqishi ma’lum qilingan, lekin aynan qanday rol ekani hali ochiqlanmagandi.

