“Oskar” mukofoti sovrindori aktrisa Natali Portman tez orada yana ona bo‘lishini ma’lum qildi. Hozirda uning sobiq turmush o‘rtog‘i — fransuz xoreografi Benjamen Millpyedan ikki nafar farzandi bor. Ular 2024-yilda ajrashgan.

Aktrisaning uchinchi farzandining otasi — musiqiy prodyuser Tangi Desteybl bo‘ladi. U bilan Portman o‘tgan yildan beri uchrashib kelmoqda. Juftlik rasmiy nikohdan o‘tmagan.
Portmanning ikki farzandi bor: o‘g‘li Alef Millepye (2011-yilda tug‘ilgan) va qizi Amalia Millepye (2017-yilda tug‘ilgan). Aktrisa farzandlarini ommaviy e’tibordan iloji boricha yiroq tutishga harakat qilib keladi.

“Men ulg‘ayganimda ayol uchun homilador bo‘lish qanchalik qiyinligi haqida ko‘p eshitganman. Atrofimda bu jarayon juda og‘ir kechgan insonlar ko‘p, shuning uchun men bunga katta hurmat bilan qarashni istayman. Bu nihoyatda go‘zal va quvonchli yangilik, lekin shu bilan birga juda murakkab ham. Men o‘zimni qanchalik omadli ekanimni tushunaman”, — dedi Portman jurnalistlarga bergan intervyusida.

