Kino olamida yana bir shov-shuvli holat yuz berdi. Bu safar gap Sharliz Teron va Timoti Shalame haqida ketmoqda. Hammasi Shalamening opera va balet haqidagi fikrlaridan boshlandi. U suhbat davomida bu yo‘nalishlarga qiziqmasligini va odamlar qiziqmaydigan narsani majburan qo‘llab-quvvatlash tarafdori emasligini aytgan.
Ushbu gaplar esa Sharliz Teronga yoqmadi. U The New York Times’ga bergan intrvyusida Shalameni ochiqchasiga tanqid qildi. Aktrisa uning fikrlarini “O‘ylamasdan aytilgan gap” dedi va opera hamda balet kabi san’at turlarini qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi.
Sharliz hatto keskinroq fikr ham bildirdi. Uning aytishicha “Kelajakda sun’iy intellekt aktyorlarning ishini bajarishi mumkin, lekin sahnada jonli ijro qilayotgan san’atkorni hech narsa almashtira olmaydi”.
Eslatib o‘tamiz, bu gaplar Variety va CNN Town Hall tadbirida, Metyu Makkonaxi bilan suhbat vaqtida aytilgan edi.
Hozircha Timoti Shalame bu tanqidlarga javob bermagan.

