“Transformerlar” muxlislari uchun yaxshi yangilik – franshiza rasman davom etadi. Avvalroq Paramount Pictures studiyasi 2023-yildagi “Transformerlar: Maxluqlar yuksalishi” va 2024-yildagi “Transformerslar: Boshlanish” filmlaridan keyin ham ushbu olamni rivojlantirishini bildirgandi. Endi esa bu reja rasmiy tasdiq oldi.
Shu bilan birga, yangi filmda Shaya Labaf qaytishi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Aktyor Steel City Con’da bu borada ishora qilgan bo‘lsada, hozir u ko‘proq sud ishlari bilan band.
Oxirgi yillarada franshiza doirasida ko‘plab spin-off va davomiy filmlar chiqdi. Ammo ko‘pchilik muxlislar uchun aynan Shaya Labaf ishtirok etgan ilk filmlar “Transformerlar”ning eng yorqin davri hisoblanadi.
Hozircha yangi film haqida batafsil ma’lumotlar ochiqlanmagan. Aktryorlar tarkibi, syujeti, rejissyor yoki suratga olish ishlari qachon boshlanishim noma’lum.

