Nikol Kidman o‘lim doulasi bo‘lishni o‘rganayotganini aytdi

Share post:

Aktrisa Nikol Kidman San-Fransisko unversitetidagi chiqishi davomida o‘lim doulasi — ya’ni vafot etayotgan inson va uning yaqinlariga emotsional yordam ko‘rsatadigan mutaxassis bo‘lishni o‘rganayotganini ma’lum qildi.

Bu g‘oya unga 2024-yilda 84 yoshida vafot etgan onasining o‘limidan so‘ng kelgan.

“Onam vafot etayotganida o‘zini yolg‘iz his qilgan, biz esa oila sifatida faqat cheklangan darajada yordam bera oldik. Singlim bilan ikkalamizning ham ko‘p farzandlarimiz, ishimiz va faoliyatimiz bor edi, lekin biz unga g‘amxo‘rlik qilishni xohlardik, chunki otamiz allaqachon vafot etgandi. Shunda o‘yladim: ‘Afsuski, dunyoda shunchaki yonida bo‘lib, tasalli va mehr bera oladigan insonlar yetarli emas ekan’,” — dedi Kidman.

Aktrisaning yaqinlashib kelayotgan loyihalari orasida “Scarpetta” (“Poyabzal”) seriali ham bor. U Patrisia Kornuellning shu nomdagi detektiv romanlari asosida suratga olingan. Premyerasi Prime Video platformasida 11-mart kuni bo‘lib o‘tgan.

Kidman serialda sud-tibbiyot eksperti rolini ijro etadi — u tergov jarayonida zamonaviy kriminalistik texnologiyalardan foydalanadi. Rolga tayyorlanish jarayonida aktrisa haqiqiy sud-tibbiyot mutaxassisi bilan muloqot qilgan, obrazni yanada ishonchli qilish uchun hatto autopsiya (jasadni tekshirish) o‘tkazishni ham o‘rgangan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Momoaning sevgilisi “Supermen” jamoasiga qo‘shildi

Yangi “Supermen” filmi yana bir muhim obraz bilan boyimoqda. Bu safar gap Maksima haqida ketmoqda. Adriya Arxona “Supermen: Ertangi...

Kendall Jenner va Jeykob Elordi ishqiy mish-mishlarni kuchaytirdilar

Kendall Jenner va Jeykob Elordi o‘rtasidagi ishqiy munosabatlar haqidagi mish-mishlar yana kuchaydi. Ular “Coachella” doirasida Jastin Biber chiqishidan...

O‘zbek aktrisasi Muqaddas Xoliqova 66 yoshni qarshiladi

Bugun, 14-aprel — O‘zbekiston xalq artisti, taniqli kino va teatr aktrisasi Muqaddas Xoliqova tavallud topgan kun. Xolikova Muqaddas Shamaqsudovna...

BTS tarqaladimi? Guruh mish-mishlarga javob berdi

Uzoq tanaffusdan so‘ng BTS yana birlashdi va muxlislarni qiziqtirgan savolga javob berdi – guruh tarqaladimi? Rolling Stone UK’ga bergan...