Uzoq tanaffusdan so‘ng BTS yana birlashdi va muxlislarni qiziqtirgan savolga javob berdi – guruh tarqaladimi?
Rolling Stone UK’ga bergan intervyusida guruh tarqalishi haqida gap-so‘zlarga munosabat bildirdi.
Guruh yetakchisi RM bu boradagi mish-mishlarga shunday izoh beri:
“Shunnday odamlar borki, uyda o‘tirib: “Iltimos BTS parchalanib kestin” deb kutadi. Biz esa shunday o‘ylaymiz: “Yaxshi, biz 2-3 yil ko‘rishmadik, lekin bizni ARMY ( BTS muxlislari) kutyapti, butun dunyo kutyapti. Endi yana ishga qaytish vaqti keldi”.
Shu bilan birga, guruh ichida ayrim fikrlar farqi ham bor. Jin musiqa yo‘nalishi borasida bahslar bo‘lganini tan oldi: “Men boshqalardan biroz boshqacha fikrda edim. Menimcha bizning eng yaxshi qo‘shiqlarimiz – bu bizning haqiqiy uslubimiz. Lekin hamma ham bunga qo‘shilmadi. Oxir-oqibat tushundimki, bizning o‘ziga xosligimiz – bu biz yaratgan musiqalarimizda”
V (Txexyon) esa yakka o‘zining loyihalardan keyin guruh a’zolari yanada ochiq fikrli bo‘lib qolganini aytdi: “Men o‘ylagandimki, hammada qat’iy fikrlar bo‘ladi. Lekin aksincha, hamma ochiq fikrli bo‘lib chiqdi va bu meni hayratlantirdi”.
Eslatib o‘tamiz, BTS yangi albomi oldindan saqlashlar bo‘yicha rekord o‘rnatgan. Shuningdek, guruh afsonaviy Maykl Jeksonning ilgari chiqmagan qo‘shig‘ini ham ijro etishi mumkinligini aytilmoqda.

