“Lilo va Stich 2” hamda “Superoila 3” chiqish sanalari e’lon qilindi

Share post:

The Walt Disney Company studiyasi uzoq kutilgan ikki animatsion loyiha — “Lilo va Stich 2” hamda “Superoila 3” filmlarining chiqish sanalarini rasman e’lon qildi. Endi ushbu mashhur multfilmlar muxlislari yangi qismlarni kutib olishga tayyorlanmoqda.

Yangi bosh direktor Josh D’Amaro bu rejalarni aksiyadorlar yig‘ilishida ma’lum qilgan. Qizig‘i shundaki, studiya avvaldan Comscore taqvimida aniq sanalarni band qilgan, biroq dastlab loyihalar nomi oshkor etilmagan edi.

So‘nggi dam olish kunlari, Xotira kuni (Memorial Day) munosabati bilan chiqqan “Lilo va Stich” 4 kun ichida 182 million dollar yig‘ib, hatto “Top Gan: Maverik” rekordlarini ham ortda qoldirdi. “Lilo va Stich”ning bunday muvaffaqiyati kutilmagan emas, chunki u o‘tgan yilning eng kassabop filmlaridan biri bo‘lgan.

“Superoila” franshizasiga kelsak, uning dastlabki ikki qismi jahon bo‘ylab deyarli 2 milliard dollar daromad qilgan. Birinchi film 2004-yilda, ikkinchisi esa 14 yildan so‘ng — 2018-yilda chiqdi. Yangi qismga rejissyor sifatida Piter Son tayinlangan.

“Lilo va Stich” remeykining davomi 2028-yil 28-mayda namoyish etiladi. “Superoila 3” esa 2028-yil 16-iyunda katta ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

Madonna 24 yildan so‘ng yana serialda rol o‘ynaydi

Amerikalik xonanda Madonna 24 yildan so‘ng yana kino industriyasiga qaytib, muxlislarini xursand qilmoqchi. U “The Studio” serialining ikkinchi...

So‘ngi 10 yil ichida “Oskar” olgan eng yaxshi filmlar

10 yil ortga nazar tashlaymiz va shu davr ichida “Eng yaxshi film” nominatsiyasida “Oskar”ni qo‘lga kiritgan filmlarni eslab...

“Dyuna 3” filmining ilk treyleri chiqdi

“Dyuna 3” muxlislari uchun kutilgan yangilik — filmning birinchi treyleri taqdim etildi. “Dyuna 3” hikoyasi avvalgi qism voqealaridan davom...

“K-pop jin ovchilari”ning g‘alabasi mojarolar bilan esda qoldi

Netflix’ning “K-pop jin ovchilari” animatsion filmi “Oskar” taqdirlash marosimida muhim yutuqqa erishib, “Eng yaxshi animatsion film” hamda “Eng...