Madonna 24 yildan so‘ng yana serialda rol o‘ynaydi

Share post:

Amerikalik xonanda Madonna 24 yildan so‘ng yana kino industriyasiga qaytib, muxlislarini xursand qilmoqchi. U “The Studio” serialining ikkinchi mavsumida rol ijro etishi kutilmoqda. Bu haqida ko’ngilochar haftalik xabar berdi.

Suratga olish maydonchasida Madonna bilan birga Set Rogen, Brayan Krenston, Ayk Barinhols, Cheyz Sui, Ketrin Xan, Maykl Kiton va Juliya Garner ham ishtirok etmoqda. Muxlislar xonanda qanday obrazni gavdalantirishi va uning o‘ziga xos xarizmasi serialga qanday mos tushishini qiziqish bilan kutmoqda.

Shu bilan birga, 67 yoshli Madonna o‘zining biografik filmi ustida ham ishlamoqda — u ssenariy yozmoqda va filmni o‘zi rejissyorlik qilishni rejalashtirgan. Ushbu loyihada bosh rolni Juliya Garner ijro etadi.

Eslatib o‘tamiz, Madonnaning kino faoliyati ham bir paytlar uning musiqiy faoliyati kabi yorqin bo‘lgan. U 1980–2000-yillarda muntazam ravishda filmlarda rol ijro etgan. Uning eng mashhur rollaridan biri — “Evita” filmidagi Eva Peron obrazi bo‘lib, bu roli uchun u “Oltin globus” mukofotini qo‘lga kiritgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

spot_img

Tegishli maqolalar

11 yoshli o‘zbekistonlik o‘quvchi qiz “Britain’s Got Talent” sahnasida chiqish qildi

11 yoshli maktab o‘quvchisi Yasmina Husniddinova Buyuk Britaniyaning mashhur “Britain’s Got Talent” teleloyihasida chiqish qilib, ilk o‘zbekistonlik ishtirokchiga...

Aktrisa Oysha Joʻrayeva vafot etdi

24-mart kuni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oysha Joʻrayeva 79 yoshida olamdan oʻtdi. Aktrisa 1947-yil 24-martda Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida...

BTS’ning “ARIRANG” albomi Spotify tarixida rekord o‘rnatdi

BTS uzoq kutilgan “ARIRANG” albomi bilan katta sahnaga qaytdi. 20-mart kuni e’lon qilingan reliz ilk 24 soat ichida...

Yangi “Garri Potter” aktyori Sneyp roli tufayli o‘ldirish bilan tahdid qilinmoqda

Yangi HBO loyihasida ishtirok etayotgan aktyor Paapa Essedu kuchli bosim ostida qolayotganini tan oldi, ammo taslim bo‘lishni istamayapti. Kelajakdagi...